Yurisprudensiya

2-son 2025-yil

Aliyev Ilhomjon Murod o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan hamda kundalik hayotning barcha jabhalariga chuqur kirib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berilgan. Sun’iy intellektning asosiy turlari, funksiyalari va vazifalariga ko‘ra tasnifi keltirilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni davlat boshqaruvi sohasiga tatbiq etishning afzalliklari va istiqbollari yoritilgan. Maqolada xorijiy mamlakatlarning davlat boshqaruvida sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi tajribalari va ularning amaliyotidan misollar keltirilgan. Xususan, bu boradagi huquqshunos olimlar, sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro mutaxassislar va amaliyotchilarning fikr-mulohazalari o‘rganilgan. …

Rustambekov Islambek Rustambekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlar doktori, professor

Gulyamov Said Saidaxrarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Yosh olimlar kengashi raisi, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda raqamli texnologiyalar korrupsion amaliyotlarni amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llanadigan kiberkorrupsiya fenomeni Markaziy Osiyo mintaqasi kontekstida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi – kiberkorrupsiyaning mohiyatini tahlil qilish, uning asosiy ko‘rinishlarini aniqlash va ushbu tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosi kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquqiy mexanizmlarni kompleks tahlil qilish, xalqaro tajribaning qiyosiy oʻrganilishi va xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini umumlashtirishni oʻz ichiga oladi. Olingan natijalar hududning kiber-korrupsiya oldida zaifligi ortib borayotganidan dalolat beradi, bu esa milliy huquqiy tizimlarning raqamli transformatsiya sharoitlariga yetarlicha moslashmaganligi, huquqni muhofaza qilish organlarining cheklangan resurslari va zaif mintaqaviy muvofiqlashtirilganligidandir. …

Jumagʻulov Alisher Ernapasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya
Maqolada islom kapital bozorining asosi boʻlgan sukukning paydo boʻlish tarixi koʻrib chiqildi. Ushbu atamaning tarixiy maʼnolari, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida undan moliyaviy munosabatlarda foydalanish shakllari va u bilan bogʻliq huquqiy institutlarning evolyutsiyasi tadqiq qilindi. Tadqiqot mavzusi bir-birini toʻldiruvchi ikki yoʻnalishda yoritildi. Birinchidan, sukukning ilk shakllanish bosqichi tahlil etildi: uning qoʻllanishi, zarurati asoslanib, tegishli tarixiy davrda foydalanish shakllari tasvirlandi. Shuningdek, sukuk soʻzining lugʻaviy va terminologik maʼnolari mazmuni ochib berildi. Ikkinchidan, Usmonlilar imperiyasi davrida sukukning muomalada boʻlishiga eʼtibor qaratildi. …

Inoyatov Nodirbek Xayitboy oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy jamiyatda sunʼiy intellekt tizimlarining va avtonom transport vositalarining huquqiy maqomi masalasi tadqiq etilgan. Maqolada huquqiy subyektliligi tushunchasi va uning tarixiy evolyutsiyasi, sunʼiy intellektning huquqiy maqomiga doir xalqaro tajriba, shuningdek, Oʻzbekiston qonunchiligidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar, shuningdek, avtonom transport vositalari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik masalalari kompleks oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida, sunʼiy intellektga “elektron shaxs” maqomini berish konsepsiyasi muhokama etilib, avtonom transport vositalari uchun maxsus huquqiy rejim yaratish zarurligi asoslab berilgan. …

Kan Yekaterina Eduardovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqola O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellektni joriy etishning normativ to‘siqlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot milliy qonunchilik tahlili va yetakchi davlatlarning tartibga solish yondashuvlari bilan qiyoslashga asoslangan. O‘zbekistonning normativ-huquqiy bazasi sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun asos yaratishning boshlang‘ich bosqichida ekanligi aniqlahgan holda, umumiy huquqiy asosni ta’minlab, lekin sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi. Tadqiqot davomida asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar o‘rganildi. Normativ-huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilishda qiyosiy-huquqiy va rasmiy-huquqiy usullar qo‘llandi. …

Saidov Bobur Baxromjonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Tadqiqot metaolamlar (metaverse)ni huquqiy tartibga solish masalalariga bagʻishlangan boʻlib, yurisdiksiya va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda xalqaro (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy, Rossiya) tajriba tahlil qilingan. Qiyosiy-huquqiy tahlil asosida muhim boʻshliqlar: virtual obyektlar va raqamli aktivlarning huquqiy maqomi noaniqligi, transchegaraviy virtual aloqalarda vakolatli yurisdiksiyani aniqlashning qiyinligi, raqamli artefaktlarga nisbatan intellektual mulkni himoya qilishning anʼanaviy mexanizmlari samaradorligi cheklangani aniqlandi. Huquqni qoʻllashdagi muammolar virtual dunyolarning oʻziga xos xususiyatlari – ularning global tabiati, ishtirokchilarning nomarkazlashuvi (detsentralizatsiya) va anonimligidan kelib chiqadi, bu esa milliy huquqning hududiy tamoyili va metaolamlarning ekstrerritorial tabiati oʻrtasidagi ziddiyatga olib boradi. …

Nabirayeva Zarnigor Akmalovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, notarius

Annotatsiya
Maqola AQShda robot-maslahatchilar faoliyatini tartibga solishning murakkab va jadal rivojlanayotgan sohasini oʻrganishga bagʻishlangan bo‘lib, unda ikki turdagi robotlar: maslahatchi robotlar va gumanoid robotlar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi. Moliyaviy va investitsiyaviy xizmatlar ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot bo‘lgan maslahatchi robotlar tez sur’atlar bilan ommalashmoqda, bu esa mavjud me’yoriy-huquqiy bazani sinchkovlik bilan tahlil qilish va tartibga solishda investorlarning manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarni aniqlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Tadqiqot AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC), shuningdek, yangi moliyaviy vositachilarni nazorat qiluvchi boshqa federal va mintaqaviy organlar faoliyatiga qaratilgan. Dastlab anʼanaviy moliya institutlari uchun ishlab chiqilgan amaldagi norma va qoidalar murakkab algoritmlardan foydalanuvchi maslahatchi robotlarga qanday qoʻllanishi ko‘rib chiqiladi. Fidutsiar javobgarlik konsepsiyasi tahlilning markaziy elementi hisoblanadi. …

Nurullayev Umidbek Xudayberdiyevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqola “axborot vositachisi” tushunchasining huquqiy maqomi va uni tartibga solish mexanizmlarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan. Axborot vositachilarining huquqiy maqomini chuqur oʻrganish, xalqaro tajribani tahlil qilish va milliy qonunchilikka mos takliflar ishlab chiqish zamonaviy yuridik ilm-fan oldidagi dolzarb vazifa boʻlib bormoqda. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar qonunchiligidagi amaliy tajriba, normativ hujjatlar oʻrganildi, axborot vositachilariga nisbatan qoʻllanadigan turli tushunchalar – servis-provayder, axborot jamiyati xizmati provayderi, interaktiv kompyuter xizmati provayderi, onlayn-platforma, bloger, influyenser kabi atamalar, ularning mazmun-mohiyati koʻrib chiqildi. Tadqiqot natijalari axborot vositachilarining huquqiy maqomiga yagona, xalqaro darajada tan olingan yondashuv mavjud emasligini koʻrsatdi. …

Abdullayeva Risolat Sunnatovna

Qarshi tuman Adliya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi munosabati bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Nikoh – inson jamiyati asosiy institutlaridan biri boʻlib, turli davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi nikohlarni qayd etish muammosi xalqaro huquqning dolzarb masalalaridan biridir. Bular bir qator havola etilayotgan obyektiv xarakterdagi sabablar bilan chambarchas bogʻliq. Mazkur maqolada xalqaro huquqiy meʼyorlar, milliy qonunchilik tizimidagi farqlar, nikohning huquqiy oqibatlari hamda xorijiy davlatlarning tajribasi yoritiladi. Globalizatsiya jarayonlari natijasida turli millat vakillarining oilaviy munosabatlarga kirishishlari ortib borayotgan hozirgi davrda ushbu masala yanada dolzarb tus olmoqda. Shuning uchun maqolada xalqaro shartnomalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi hamda turli mamlakatlar qonunchiliklaridagi umumiy va oʻziga xos jihatlar atroflicha koʻrib chiqiladi. …

Abdusamadova Zarina Shobiddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada servitutlarning bir necha turlari va ularning huquqiy tahlili keltirilgan. Maqolada servitutlarning klassik tasnifi, ularni ashyoviy va shaxsiy servitutlarga bo‘linishi, shuningdek, ushbu toifalalarni belgilash bilan bog‘liq huquqiy va amaliy muammolar ko‘rib chiqilgan. Avstriya, Shveysariya, Latviya, Ukraina va Gruziyada shaxsiy servitutlarni tartibga soluvchi qonunchilik oʻrganilgan bo‘lib, maqolada ularning amal qilish tartibi yoritilgan. Germaniya va Fransiya kabi davlatlarda servitutlarning aniq va yashirin turlari keng tarqalgani hamda mazkur holat ularning yuridik tasnifi va qonuniy qo‘llanishini sezilarli darajada farqlashi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada doimiy va vaqtinchalik servitutlarning qo‘llanishi ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. …

Turdiyev Bobir Sobirovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta prokurori

Annotatsiya
Fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki – demokratik boshqaruvning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, jamoatchilik ishtiroki davlat va fuqarolar o‘rtasida muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan daxldorlik hissini shakllantirib, boshqaruv tizimining legitimligi, shaffofligi va samaradorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zamonaviy global muammolar, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi sharoitida qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolar ishtirokining samaradorligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada atrof-muhitga oid qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokining roli o‘rganilib, xalqaro standartlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, milliy qonunchilik va amaliyot tahlil qilingan. …

Raxmanov Shuxrat Naimovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqola xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi va uning xalqaro huquq tizimidagi oʻrnini nazariy va metodologik jihatdan tahlil qiladi. Ushbu huquqiy institut xalqaro tashkilotlarning mustaqil subyekt sifatida shakllanishi, ularning diplomatik maqomi, daxlsizlik va imtiyozlari, shuningdek, xalqaro munosabatlardagi ahamiyati kabi jihatlarni oʼz ichiga oladi. Xalqaro tashkilotlar zamonaviy diplomatik huquq tizimining muhim subyektlaridan biri hisoblanadi. Ular nafaqat davlatlar manfaatlarini muvofiqlashtirish, balki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish va global muammolarni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ularning diplomatik vakolatlari, huquqiy maqomi va xalqaro huquq meʼyorlari asosida erishgan imtiyozlari, xalqaro huquqni tartibga solishning alohida tarmogʻi sifatida shakllangan. Maqolada xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi, xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi institut sifatida rivojlanishi, koʻp tomonlama diplomatiyaning oʻsishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. …

Nosirova Marjona Negmat qizi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola inson huquqlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilot (NNT)larining oʻrni, ahamiyati va faoliyat mexanizmlarini tadqiq etadi. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda NNTlari fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida inson huquqlarini himoya qilish tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Maqolada NNTlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari, ularning mustaqillik, moslashuvchanlik, ixtisoslashish kabi oʻziga xos xususiyatlari va funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi asosida NNTlarining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati tartibga solinishi masalalari oʻrganiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, NNTlari inson huquqlarini himoya qilishda monitoring oʻtkazish, huquqiy yordam koʻrsatish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, huquqiy savodxonlikni oshirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi koʻplab muhim funksiyalarni bajaradi. …

Xoʻjamberdiyev Farrux Komilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada Turkiya Respublikasining jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazasining kompleks solishtirma-huquqiy, tanqidiy va institutsional tahlili keltirilgan. Tadqiqot konstitutsiyaviy-huquqiy normalar, huquqni muhofaza qilish organlari, jandarmeriya, razvedka tuzilmalari faoliyatiga oid qonunchilik, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashishni tartibga solish va jamoat tartibini saqlashning huquqiy mexanizmlarini oʻz ichiga oladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakolatlarining oʻta markazlashuvi, parlament va sud nazoratining yetarli emasligi, shuningdek, ularning faoliyati ustidan fuqaro monitoringi mexanizmlarining cheklanganligi kabi asosiy tarkibiy muammolar aniqlangan. Tadqiqotda milliy xavfsizlik choralarining qatʼiyligi va inson huquqlarini himoya qilishning demokratik standartlariga rioya etish oʻrtasidagi ziddiyatga alohida eʼtibor qaratilgan, bu terroristik tahdidlarning oʻsishi va favqulodda holatlar sharoitida juda dolzarb hisoblanadi. Tahlil shuni koʻrsatdiki, Turkiyada huquqni qoʻllash amaliyoti repressiv mexanizmlarning kuchayishiga moyillik bildiradi, bu esa jamoat xavfsizligi tizimining institutsional muvozanatini buzish xavfini tugʻdiradi va uni zamonaviy tahdidlarga moslashish imkoniyatlarini cheklaydi. …