XORIJIY MAMLAKATLARDA YER SERVITUTINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI

Abdusamadova Zarina Shobiddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada servitutlarning bir necha turlari va ularning huquqiy tahlili keltirilgan. Maqolada servitutlarning klassik tasnifi, ularni ashyoviy va shaxsiy servitutlarga bo‘linishi, shuningdek, ushbu toifalalarni belgilash bilan bog‘liq huquqiy va amaliy muammolar ko‘rib chiqilgan. Avstriya, Shveysariya, Latviya, Ukraina va Gruziyada shaxsiy servitutlarni tartibga soluvchi qonunchilik oʻrganilgan bo‘lib, maqolada ularning amal qilish tartibi yoritilgan. Germaniya va Fransiya kabi davlatlarda servitutlarning aniq va yashirin turlari keng tarqalgani hamda mazkur holat ularning yuridik tasnifi va qonuniy qo‘llanishini sezilarli darajada farqlashi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada doimiy va vaqtinchalik servitutlarning qo‘llanishi ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. O‘zbekistonda servitutlar qanday maqsadlar uchun belgilanishini o‘rganish jarayonida servitut tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligida uni turlarga ajratmaslik taklifi ilgari surilgan. Muallif mazkur maqolada servitutlarning xalqaro va milliy qonunchilikdagi o‘rni va turlarini chuqur tahlil qilish asosida muayyan xulosalarga kelgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, servitut institutidan foydalanish huquqiy nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada xorijiy davlatlarda servitut institutining huquqiy tartibga solinishi va olimlarning munosabatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
servitut, xususiy servitut, mulkiy servitut, doimiy servitut, vaqtinchalik servitut, aniq servitut, yashirin servitut, ixtiyoriy servitut, majburiy servitut, tabiiy servitut, suv oqimi servituti
Iqtibos uchun
For citation: