SUD MUHOKAMASIDA TARAFLARNING PROTSЕSSUAL IMKONIYATLARI TЕNGLIGINI TA’MINLASH TORTISHUV PRINSIPINING MUHIM SHARTI SIFATIDA
Maxmadiyarova Xumora O‘ktamovna
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi sudyasi yordamchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat ishlari bo‘yicha sud muhokamasi jarayonida taraflarning o‘zaro tortishuvini kuchaytirish, uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan taraflar protsessual imkoniyatlaridagi tengligini ta’minlash, shuningdek, haqiqatni aniqlash jarayonida sudning o‘rnini aniqlash, uning dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash davrida faollik darajasini belgilash masalalari ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda aynan shu masalada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan protsessualist olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil etildi. Shuningdek, birinchi instansiya sud majlisida jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda sud tergovi bosqichining o‘ziga xos o‘rni, aynan taraflarning tortishuviga asoslangan sud tergovi jarayonini takomillashtirish masalalari muhokama qilingan. Maqolada jinoyat protsessida sud tergovi bosqichini rivojlantirish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganildi. Xorijiy mamlakatlardagi protsessualist olimlarining bu jarayonda sudning isbot qilish jarayonidagi o‘rnini takomillashtirish borasidagi fikrlari, amaliyotda o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari, sud tergovida tortishuv prinsipining o‘ziga xosligi bayon etilgan. Shu bilan birga, jinoyat ishini ko‘rib chiqishda sud tergovi bosqichini takomillashtirish bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunchilikka o‘zgartirish kiritish yuzasidan tavsiya va takliflar haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so'zlar
tortishuv, haqiqatni aniqlash, sud, ayblov taraf, himoya taraf, isbotlash, tenglik.
Iqtibos uchun
For citation: