O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAMAYDIGAN BOSHQA XODIMNING ISHGA QABUL QILINISHI, SHUNINGDEK, O‘RINDOSHLIK ISHI CHEKLANGANLIGI SABABLI MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH MASALALARI
Toshov Muxammad Rajabovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mehnat shartnomasini bekor qilish tartib va tamoyillarining aniq belgilab qo‘yilishi, bir tomondan, mehnat munosabatlari asossiz ravishda tugatilishiga qarshi huquqiy himoya vositasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan mehnat qilish majburiyat emas, balki huquq ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy normaning amalga oshirilishini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazkur maqolada muallif tomonidan milliy qonunchilik va ilmiy adabiyotlarning tahlili natijasida ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishda amaliyotda ko‘plab xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladigan turlaridan hisoblanadigan o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi, shuningdek, mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda bu borada amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida taklif-mulohazalari bayon etilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida o‘rindoshlikning huquqiy tushunchasi, o‘rindoshlik asosida ishlash rejimi, o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari to‘liq o‘z aksini topmaganligi, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga asosan bekor qilishda ogohlantirish muddatining belgilanmaganligi kabi muammolarga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
o‘rindoshlik, asosiy ish, mehnat shartnomasini bekor qilish, o‘rindoshlik ishi cheklanishi, mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, ish beruvchi, xodim.
Iqtibos uchun
For citation: