BUDJET JARAYONIDA DAVLAT VA NODAVLAT ORGANLARINING ISHTIROKI

Yusupov Sardorbek Baxodirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada budjet mablag‘laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish masalalari yoritilgan bo‘lib, davlat iqtisodiyotini samarali boshqarish va ijtimoiy farovonlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar tahlil qilingan. Jumladan, budjet jarayonida nodavlat organlarning ishtiroki budjet mablag‘larining oqilona va samarali sarflanishi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi, balki korrupsiyani kamaytirish, davlatning ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirishda ham hal qiluvchi omil hisoblanishiga e’tibor qaratilgan. Maqolada budjet mablag‘laridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishda shaffoflikni ta’minlash, davlat xaridlarini adolatli va raqobatbardosh asosda amalga oshirish, tender tizimini rivojlantirish, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tizimini joriy qilish kabi choralar muhimligi alohida ta’kidlanib, bunda davlat va nodavlat tashkilotlarning o‘rni tahlil qilingan. Ayniqsa, davlat xarajatlarini ochiq platformalar orqali kuzatish, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarini bu jarayonlarga jalb qilish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari bayon etilgan.
Kalit so'zlar
budjet jarayoni, daromadlar, xarajatlar, budjet tizimi, davlat organi, nodavlat tashkiloti, platforma, jamoatchilik nazorati
Iqtibos uchun
For citation: