SHAXSGA QARSHI ZO‘RLIK ISHLATIB SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING OBYEKTIV BELGILARI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Niyozova Salomat Saparovna
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning obyektiv belgilari va uning o‘ziga xos jihatlariga doir masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, jinoyat kodeksida belgilangan shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning obyekti shaxs manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy-ijtimoiy munosabatlar sifatida tan olinishi haqida fikrlar keltirilgan. Maqolada shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar obyektiv tomonning asosiy belgisi, ijtimoiy xavfli qilmish va ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish tushunilishi haqida fikrlar bayon etilgan. Bundan tashqari, jinoyat qurollari va vositalari ko‘pincha jinoyatning belgilari hisoblanib, alohida hollarda kvalifikatsiyaga ta’sir qilishi yuzasidan ham so‘z yuritiladi. Jinoyat sodir etish usuli, joyi, holati, vaqti, quroli, vositalari esa jinoyat tarkibi obyektiv tomonining qo‘shimcha belgilarini tashkil etishi, ularning asosiy va qo‘shimcha belgilarga bo‘linishining asosiy sababi qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan jinoyat tarkibining tuzilishidan kelib chiqishi asoslangan. Shaxsga qarshi jinoyatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish deyarli barcha jinoyatlarda birinchi galda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar hisoblansa, qolgan belgilar faqatgina ayrim holatlarda jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qiluvchi belgi sifatida kelishi mumkinligi ham tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
shaxsga qarshi, zo‘rlik ishlatib, sodir etish, jazo, jinoyat, obyekti, obyektiv tomoni, g‘ayriqonuniy, jiddiy zarar, yetkazilish.