NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR TA’LIMI SOHASIDA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

Ismoilov Bekjon Salihovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’limining tashkiliy-huquqiy shakllariga bevosita e’tibor qaratilgan. Alohida e’tiborga muhtoj shaxslar ta’limi tahlil qilinar ekan, bu jabhadagi ayrim muammolar va ularning yechimlarini ochib berishga harakat qilingan. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi maxsus qonun amaliyotga kiritilganidan so‘ng bu kabi shaxslar huquqlarini ta’minlash mavjud qonunchilik asoslariga muvofiq yanada mustahkamlandi. Jumladan, ularning ta’lim olishi bilan bog‘liq masalalar ijobiy hal etilmoqda. Qo‘shimcha ehtiyojli shaxslarning ta’lim olish shakllarini o‘zlari mustaqil belgilash imkoniga ega bo‘layotgani ijobiy hal etilayotgan masalalarning yaqqol ifodasidir. Shuningdek, maqolada nogironligi bor shaxslarning ta’lim olish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolarning huquqiy va ijtimoiy yechimlari atroflicha tahlil qilingan. Bizga ma’lumki, bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni fuqarolik jamiyati muhitiga integratsiya qilish bu boradagi davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda. Shu ma’noda, qo‘shimcha ehtiyojli shaxslarni ta’lim sohasi orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish mantiqan to‘g‘ri yo‘ldir. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limi masalalari sohaviy qonunchilik asoslari talablari doirasida tartibga solinar ekan, ularning huquqiy maqomlari ham yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan yanada mustahkamlanmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limini yanada takomillashtirish hamda ularga ta’lim olishlari uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, bu borada ayrim muammolar ham mavjud. Ko‘zi ojiz ta’lim oluvchilar uchun brayl yozuvi yoki audio formatdagi darsliklarning yetarli emasligi, hanuzgacha inklyuziv ta’limning samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi shular jumlasidandir. Maqolada masalaning aynan mana shu jihatlarini ochib berishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
nogironligi bo‘lgan shaxslar, ta’lim, inklyuziv ta’lim, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, imtiyozlar.
Iqtibos uchun
For citation: