KASB YUZASIDAN OʻZ VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK JINOYATI TUSHUNCHASI VA UNING OʻZIGA XOS BELGILARI

Haydarov Shuhratjon Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyati tushunchasi, jinoyatning o‘ziga xos belgilari hamda ushbu jinoyatning asosiy tushunchalariga oid masalalar bayon etilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda tibbiyot xodimlarining o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining yildan yilga o‘sib borayotganligi, bu esa ushbu jinoyatlarga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish zarurati asoslantirilgan. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining asosiy tushunchalari olimlar fikrlari asosida tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, maqolada tibbiyot xodimi o‘z vazifalarini lozim darajada bajarishni ta’minlashga oid qonunchilik normalaridagi kamchiliklar, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida tegishli ruxsat beruvchi yoki taqiq o‘rnatuvchi tizimlarni huquqiy ta’minlash darajasining yetarli emasligi, ayrim munosabatlarning yetarli darajada tartibga solinmaganligi kabi holatlar borligi ham o‘rganilgan. Maqolada tibbiyot xodimlarining o‘z vazifasini bajarmaslik jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, bemor, tibbiy yordam ko‘rsatmaslik, tibbiyot xodimi, kasb yuzasidan vazifalarini bajarmaslik, ijtimoiy xavfli qilmish, ehtiyotsizlik, jinoiy javobgarlik, shikast yetkazish, bemorga yordam ko‘rsatmaslik, maxsus qoidalar, xavf ostida qoldirish, beparvolik, jazo.