SUNʼIY INTELLEKTNI TAʼLIM OLISH JARAYONIGA TATBIQ ETISHNING AYRIM JIHATLARI
Bokiyev Jahongir Nurmatjon oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Insoniyat oʻz taraqqiyotida ulkan oʻsishga, zamonaviy yashash sharoitiga, raqamli texnologiyalarning aql bovar qilmas imkoniyatlariga erishmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda butun dunyoda keng koʻlamda ommalashayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalari jamiyatning deyarli barcha sohasida qoʻllanib, insonlar uchun koʻplab qulayliklarni yaratmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, taʼlim sohasi sunʼiy intellekt texnologiyalari eng koʻp foydalanilayotgan sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Bunday texnologiyalar insonlarning huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi bilan birga ayrim hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan taʼlim jarayonlarida foydalanish huquqiy tartibga solinmaganligi sababli taʼlim oluvchilarning teng huquqliligi prinsipiga daxl etmoqda. Bundan tashqari, sunʼiy intellektdan foydalanish uchun taʼlim oluvchi unga shaxsga doir maʼlumotlarini kiritishi yoki shaxsga doir maʼlumotlaridan foydalanishga ruxsat berishi lozim. Bunday holatda shaxsning shaxsga doir maʼlumotlari daxlsizligi masalasi soʻroq ostida qoladi. Ushbu maqolada taʼlim jarayonlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning huquqiy jihatlari, bunday texnologiyalardan foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari daxlsizligi, sunʼiy intellektdan foydalanishda taʼlim oluvchilarning teng huquqli ekanligi ilmiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqot natijasida taʼlim sohasidagi milliy qonunchilik hamda huquqiy amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt, taʼlim texnologiyalari (EdTech), Maʼlumotlarni himoya qilishning umumiy qoidalari, algoritmik tarafkashlik, inklyuzivlik, maxfiylik, shaffoflik.
Iqtibos uchun
For citation: