QAYTA TASHKIL ETILAYOTGAN YURIDIK SHAXS KREDITORLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARINING UMUMIY TAVSIFI

Qutlimuratov Farxad Qalbayevich

yuridik fanlar nomzodi, dotsent, Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda uning kreditorlari huquqlarining himoya qilinganligi va manfaatlarining ta’minlanganligi asosiy masalalardan biri sanaladi. Chunki yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, asosan, kreditorlar manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi va ularning huquqlari amal qilishini xavf ostiga qo‘yadi. Shu sababli qayta tashkil etish jarayoni boshlanishidan oldin kreditorni xabardor qilishga nisbatan aniq muddatlarni belgilash muhimdir. Qolaversa, bu jarayonlar haqida kreditorni xabardor etishning odatdagi tartibiga yangicha qarash, qayta tashkil etish boshlanishidan xabardor bo‘lishdan kreditorning manfaatdorligini oshirish, bunda xabardor qilishning ommaviy tartibini joriy etish dolzarbdir. Qayta tashkil etish jarayoni boshlanganidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lgan yuridik shaxsning o‘z qarzdori bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan talablarini qo‘yish va qayta tashkil etilgan yuridik shaxs bilan huquqiy munosabatlarni saqlab qolish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa qonunchilikda kreditor huquqlarini himoya qilishning muhim vositasi sanaladi.
Kalit so'zlar
yuridik shaxs, kreditor, huquqlar, himoya qilish, qarzdor, javobgar, xabardor qilish, jamiyat, ishtirokchilar, muassislar.
Iqtibos uchun
For citation: