АHOLINI DORI VOSITАLАRI BILАN TА’MINLАSHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Xudoyberganova Mavjuda Hamroqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning ijtimoiy ta’minlanish vositalariga doir huquqiy munosabatlarini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ma’muriy huquqning ijtimoiy ta’minot huquqi tarmoqlari normalarida namoyon bo‘ladi. Fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha elementlaridan biri bu dori vositalaridir. Mamlakatimizning dori vositalari sohasiga oid qonunchiligining barchasida aholini ijtimoiy himoya qilishda keng doiradagi fuqarolarga arzon va sifatli dori vositalari yetkazish hamda tor doiradagi ayrim toifadagi fuqarolarni bepul yoki qisman haq to‘lash asosida dori vositalari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Aholini dori vositalari bilan ta’minlash mexanizmlari huquqiy normalar bilan mustahkamlangan bo‘lsa-da, ijtimoiy ta’minot va dori vositalari bilan ta’minlash tushunchalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning nazariy-ilmiy asoslari o‘rganilmagan. Maqolaning predmeti sifatida dori vositalari bilan ta’minlash sohasiga oid milliy va xorijiy qonunchilik hamda olimlarning tadqiqot ishlari olindi. Tadqiqotni olib borishda tarixiylik, tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, umumlashtirish, ilmiy manbalarni kompleks tahlil qilish kabi metodlar qo‘llanildi. Tadqiqot ishi natijalariga ko‘ra, umumiy xulosaga kelingan va tegishli qonunchilikka “dori vositalari bilan ta’minlash” tushunchasini kiritish hamda unga huquqiy ta’rif berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
tibbiy yordam, dori-darmon yordami, dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ta’minotning tabiiy ko‘rinishlari, xizmatlar, dori preparatlari.