JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY OMILLARINI TAHLIL QILISH MASALALARI

Fozilov Farhod Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsent v.b., yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning umumiy tushunchasi tahlil qilingan. Dunyoda xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirish eng keng tarqalgan va xavfli transmilliy jinoyatlardan biri deb topilgan. Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishda ortib borayotgan jamoat xavfi dunyo hamjamiyatidagi mamlakatlarning aksariyatini tashvishga solmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, «so‘nggi yillarda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq turli xil jinoyatlardan keladigan daromadlar global yalpi mahsulotning 2 foizidan 5 foizigacha, yaʼni 1 dan 3 trillion АQSh dollarigacha miqdorni tashkil etadi». Jahon moliyaviy tizimining globallashuvi sharoitida pullarni legallashtirishga qarshi kurashishdagi davlatlar saʼy-harakatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish zarurati tug‘iladi. Jahonda jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun odillik prinsipiga asosan jazo tayinlash, jinoyat qonunchiligini liberallashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlikni belgilash hamda unga imkon bergan sabab va sharoitlarning oldini olish, ushbu jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish, bu boradagi xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasini kuchaytirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Kalit so'zlar
jinoyat, jinoiy javobgarlik, jinoiy daromadlar, pul yuvish, legallashtirish, jazo.
Iqtibos uchun
For citation: