“BUDJET JARAYONI” TUSHUNCHASI, UNING XUSUSIYATLARI VA BOSQICHLARI
Samigdjanov Fazliddin Rafkatovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada “budjet jarayoni” tushunchasi, uning mohiyati, xususiyatlari va bosqichlari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Budjet jarayoni davlat moliyaviy boshqaruvi tizimida markaziy oʻrin tutishi, davlat resurslarini samarali taqsimlash va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol oʻynashi taʼkidlanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlari sifatida uning qonuniyligi, rejalashtirilganligi, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtiladi. Maqolada budjet jarayonining asosiy bosqichlari – budjet rejalashtirish, ijro etish va nazorat qilish, shuningdek, budjetni tasdiqlash va konsolidatsiyalashgan budjetni shakllantirish jarayonlari batafsil yoritilgan. Shu bilan birga, davlat boshqaruv organlarining budjet jarayonidagi roli va funksiyalari tahlil qilinadi. Maqola nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtayi nazardan ham budjet jarayonini tushunishga koʻmak beradi.
Kalit so'zlar
budjet, budjet jarayoni, daromad, davlat budjeti, budjet bosqichlari, budjetni tasdiqlash, konsolidatsiyalashgan budjet, davlat boshqaruv organlari
Iqtibos uchun
For citation: