O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASI FUQAROLARI O‘RTASIDA NIKOH TUZISH VA NIKOHDAN AJRATISH:
QONUNIY TARTIBGA SOLISH VA O‘ZARO TAN OLISH MUAMMOLARI
Egamberdiyev Eduard Xajibayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi fuqarolari o‘rtasida nikoh tuzish va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar, ikki davlatning nikoh va oila qonunchiligining qiyosiy-huquqiy tahlili, ushbu mamlakatlar tomonidan nikoh tuzish va nikohdan ajratish faktlarini o‘zaro tan olish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqotning dolzarbligi ikki davlat qonunchiligida nikoh va rasmiy hujjatlarni o‘zaro tan olish masalalarida ayrim farqlar mavjudligidadir. Tadqiqotda so‘nggi 10 yil davomida Korean Statistical Information Service va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlari, huquqiy taqqoslash uslubidan foydalanilgan holda ikki davlatning nikoh va oilaviy munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligi, muammoni chuqur o‘rganish va ba’zi bahsli masalalarni hal qilish maqsadida rasmiy mantiqiy usuldan foydalanilgan. So‘nggi 10 yil ichida Koreya Respublikasida nikohga nisbatan ajrashish darajasi 46 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida ushbu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Koreya Respublikasi fuqarolari bilan nikoh tuzishda ajralish xavfini oshiradi. 2016-yildan boshlab ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi nikohlar soni ko‘paygan, ammo ajrashganlar soni o‘rganilayotgan davr mobaynida 110 tani tashkil etadi. Muallif O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuzilgan nikohlarni tan olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining oila qonunchiligiga o‘zgartirish kiritishni taklif qiladi.
Kalit so'zlar
nikoh tuzish, nikohdan ajratish, tan olish, oqsoq nikohlar, nikoh yoshi, oila ishlari bo‘yicha sud, fuqaro.
Iqtibos uchun
For citation: