MILLIY QONUN HUJJATLARIDA MEDIATSIYA INSTITUTINING UMUMIY TAVSIFI HAMDA USHBU SOHA DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR

Jalilova Sardora Abduroziq qizi

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy qonunchiligimizda mediatsiya institutining umumiy tavsiflari va ushbu sohada aniqlangan muammolar yoritilgan. Mediatsiya institutiga nisbatan milliy va Yevropa huquqshunoslarining qarashlari va tahlillari keltirib oʻtilgan. Shuningdek, maqolada nizolarni muqobil hal etishning boshqa usullari ham keltirib oʻtilgan. Hamda mediatsiya institutining dastlab qaysi mamlakatlarda shakllanganligi va qay usulda ushbu institut rivojlanganligi, shuningdek, bugungi kunda ushbu institutning nizolarni hal qilishda koʻrsatayotgan roli haqida ham tahlillar keltirilgan. Maqolaning keyingi qismida “Mediatsiya” institutining Oʻzbekiston qonunchiligiga kirib kelishi hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar xronologiyasi tahlil qilingan. Va nizolarni hal qilishda mediatsiyadan foydalanish Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qanchalik ijobiy taʼsir koʻrsatganligi yoritib berilgan. Mazkur mavzuni tadqiq etish jarayonida sud hujjatlarini ijro etish bosqichida mediatsiya institutini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha bir qancha huquqshunos olimlarning izlanishlari va takliflarini inobatga olgan holda qator takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
nizolarni muqobil hal qilish, muqobil yechim, hakamlik, muzokaralar, mediatsiya, mediatorlar, oʻzaro maqbul kelishuvga erishish, mustaqil uchinchi shaxs, kelishuv bitimi, mediativ kelishuv, hakamlik qarori, mediator figurasi.
Iqtibos uchun
For citation: