NOTIPIK MEHNAT SHAKLLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISHDA MDH DAVLATLARI TAJRIBASI
Javliyeva Gullola Abdurahim qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi, ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zgarishi, globallashuv jarayoni, jamiyatning liberallashuvi natijasida mehnat bozori mavjud huquqiy tartib uchun noan’anaviy bo‘lgan ish bilan ta’minlashning yangi, notipik shakllari paydo bo‘lishi va faol tarqalishi bilan bog‘liq tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Mazkur maqolada notipik mehnatning bir turi hisoblangan masofaviy mehnatni tartibga solish masalalari yoritilgan. Masofaviy mehnatning qonunchilik bilan ta’minlanganlik darajasi Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldaviya, Ozarbayjon, Armaniston davlatlari tajribalari asosida o‘rganilgan. Ushbu davlatlar qonunchiligida masofaviy mehnat, masofaviy xodim tushunchalari, masofaviy mehnatning turlari, masofaviy xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish tartibi bayon qilingan. Masofaviy xodimlarning ish va dam olish vaqtini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning mehnatini muhofaza qilish, oylik maosh to‘lash va mehnat ta’tiliga chiqarishda kamsitilishning oldini olish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada masofaviy xodimga ish beruvchi tomonidan ta’minlab berilishi lozim bo‘lgan zaruriy vositalar, asbob-uskunalar, axborotlashtirish obyektlari, elektr ta’minoti va internet uchun to‘lovlar hamda xodim mehnat vazifalarini bajarishda o‘z uskunalaridan foydalanganda yoxud xarajat qilganda, kompensatsiya masalasi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
notipik mehnat, masofaviy mehnat, pandemiya, mehnat shartnomasi, moslashuvchan ish vaqti, dam olish vaqti, mehnat muhofazasi.
Iqtibos uchun
For citation: