KONSTITUTSIYA – DAVLATNING ASOSIY QONUNI

Axmedshayeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada har bir davlatning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiya, uning yuridik va siyosiy mazmun mohiyati, huquq tizimida tutgan o‘rni kabi masalalar bugungi zamonaviy huquq va milliy huquq voqeliklari asnosida ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zida nafaqat milliy davlat-huquqiy rivojlanish yutuqlarini, balki jahondagi eng ilg‘or davlatlar konstitutsiyaviy rivojlanishi natijalari, boy tajribasini ham o‘zida ifoda etishi ta’kidlangan. Muallif konstitutsiya joriy qonunchilik rivoji uchun huquqiy zamin, asos sifatida xizmat qilishini konstitutsiyaviy normalar va ularning keyinchalik amaldagi qonunchilikda o‘zining mufassal ifodasini topishini misollar asosida tavsiflashga uringan. Maqolada konstitutsiya nafaqat o‘ta nufuzli siyosiy-huquqiy hujjatgina bo‘lib qolmasdan, balki har bir xalqning asrlar osha rivojlanib kelgan davlat-huquqiy hamda ma’naviy tafakkurining mevasi ham ekanligi ta’kidlangan. Konstitutsiya, ayni paytda, jamiyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarni, yangi rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettirib borishi, shu munosabat bilan vaqti-vaqtida Asosiy Qonunga tegishli o‘gartirishlar kiritib borish zarurligi asoslantirilgan. Maqolada jamiyat, davlat va aholi hayotida va huquqiy ongida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, muallif tomonidan konstitutsiyaviy normalarni yangilash va takomillashtirish yuzasidan ayrim taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
konstitutsiya, konstitutsiyaviy norma, xorijiy tajriba, qonun, jamiyat, davlat, shaxs, konstitutsiyaviy rivojlanish, konstitutsiya va qonun ustuvorligi, konstitutsiyaviy islohot.
Iqtibos uchun
For citation: