O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTONDA ADVOKATURАNING TАSHKILIY JIHАTDАN MUSTAQILLIGI KAFOLATLARI MАSАLАSI

Mamayeva Makbal Nurjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada muallif tomonidan qiyosiy-huquqiy nuqtai nazardan zamonaviy O‘zbekiston va Qozog‘istonda advokatura instituti mustaqilligini ta’minlash va rivojlantirishning asosiy tashkiliy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Avvalo, mustaqillik advokatura institutining samarali faoliyat yuritishining asosiy omili sifatida advokatura sohasidagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida qaralayotgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, mustaqillikni ta’minlash kafolatlarini uning uchta jihati: tashkiliy (boshqaruv, moddiy-texnika ta’minoti va soliqqa tortish nuqtai nazaridan mustaqillik); protsessual (advokat mustaqilligining protsessual kafolatlari); shaxsiy jihat (advokat daxlsizligi maqomi)ni o‘rganish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan. Mazkur ishda ana shu jihatlardan biri – advokatlik faoliyati va advokatura mustaqilligining tashkiliy komponentini ta’minlashning ayrim muammoli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Jumladan, muallif o‘rganilayotgan mamlakatlarning amaldagi qonunchiligida, shu jumladan, advokatlar korporatsiyasining o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillarini amalga oshirish, kasbga qabul qilishni mustaqil hal etish, advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish va hokazo masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni muhokama qiladi. Keng xalqaro va xorijiy tajriba hamda MDH davlatlari, xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlili, shuningdek, mavjud empirik materiallar asosida advokaturaning mustaqil faoliyatini tashkil etishda ayrim to‘siqlarni keltirib chiqaruvchi omillar, xususan, intizomiy ish yuritishni adliya organlari faoliyatini litsenziyalash mexanizmiga kiritish masalalari o‘rganildi. Natijalar yuzasidan muallif o‘z taklif va tavsiyalarini taqdim etadi.
Kalit so'zlar
advokatura, advokat, mustaqillik, o‘zini o‘zi boshqarish, advokatlar korporatsiyasi, litsenziyalash, intizomiy ish yuritish.
Iqtibos uchun
For citation: