JINOIY FАOLIYATDАN OLINGАN DАROMАDLАRNI LEGАLLАSHTIRISHNING SUBYEKTIV BELGILАRI

Fazilov Farxod Maratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent v. b., yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning umumiy tushunchasi tahlil qilingan. Dunyoda xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirish eng keng tarqalgan va xavfli transmilliy jinoyatlardan biridir deb topilgan. Zamonaviy dunyoda jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni legallashtirishda ortib borayotgan jamoat xavfi dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, “soʻnggi yillarda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq turli xil jinoyatlardan keladigan daromadlar global yalpi mahsulotning 2–5 foizi, yaʼni 1–3 trillion АQSh dollarini tashkil etadi”. Jahon moliyaviy tizimining globallashuvi sharoitida pullarni legallashtirishga qarshi kurashishdagi davlatlar saʼy-harakatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish zarurati tugʻiladi. Jahonda jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun odillik prinsipiga asosan jazo tayinlash, jinoyat qonunchiligini liberallashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlikni belgilash hamda unga imkon bergan sabab va sharoitlarning oldini olish, ushbu jinoyatni toʻgʻri kvalifikatsiya qilish hamda uni sodir etganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish, bu boradagi xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasini kuchaytirish sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Kalit so'zlar
jinoyat, jinoiy javobgarlik, jinoiy daromadlar, pul yuvish, legallashtirish, jazo.