ICO VA STO MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISH USULLARI SIFATIDA AKS ETISHI HAMDA
ULARNING HUQUQIY JIHATLARI
Batirova Kamola Yusupovna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi о‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi ICO (tangalar birlamchi taklifi) va STO (qimmatli qog‘ozlar tokeni taklifi) kabi moliyaviy mablag‘lar jalb qilish usullarini tahlil qilishdir. Bu usullar hozirda korporativ moliyalashtirishning eng mashhur usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu moliyalashtirish shakllarining о‘ziga xosligi shundaki, bu jarayon raqamli platformada amalga oshirilib, tranzaksion xarajatlarni va uchinchi shaxslarning, ya’ni moliyaviy vositachilarning ishtirokini bartaraf qiladi. Maqolada kriptoaktivlarning ahamiyati, о‘ziga xos xususiyatlari, jahon bozorida kriptoaktivlarning takliflari bо‘yicha statistik ma’lumotlar о‘rganilgan. Shuningdek, muallif ICO va STOni qiyosiy tahlil qilgan va О‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asoslanib, respublikamizda ruxsat etilgan tokenlar chiqarish masalasini о‘rganib chiqdi. Ushbu maqolada, shuningdek, bugungi kunga kelib, tokenlarning eng yirik ishlab chiquvchilari va emitentlari joylashgan xorijiy mamlakatlarning tokenlarni chiqarish amaliyoti va qonunchilik bilan tartibga solishining qisqacha tahlili aks ettirilgan. Jumladan, AQSh, Singapur va Shveysariya kabi davlatlarning normativ-huquqiy hujjatlari о‘rganildi. О‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi ta’minlangan tokenlarni chiqarishga ruxsat beradi. Bu maqola esa О‘zbekiston Respublikasida ICO yoki STOdan qay biri ruxsat etilganligi masalasini ochib beradi.
Kalit so'zlar
raqamli aktivlar, blokcheyn, tokenlar, qimmatli qog‘ozlar tokeni, kripto-birja, emitent, raqamli platforma, birlamchi taklif.
Iqtibos uchun
For citation: