HARBIY SUD: KECHA VA BUGUN

Davletov O‘tkirbek Matmurotovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), podpolkovnik

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada tinchlik va urush davrida harbiy qismlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini ta’minlashning ajralmas qismi sifatida harbiy sudlar faoliyatining tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Harbiy sudlarning harbiy xizmatchilar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishining huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlar nihoyatda kam ekanidan kelib chiqib, ularning Qurolli Kuchlarda va mamlakat qonunlariga muvofiq tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni amalga oshirish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash borasidagi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, harbiy sudlar va umumiy yurisdiksiya sudlari o‘rtasidagi tashkiliy-protsessual aloqalarni mustahkamlash, xalqaro va milliy qonunchilikda harbiy xizmatchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, harbiy sudlarning umumiy yurisdiksiya sud tizimining tarkibiy qismi sifatidagi faoliyati va qonunchilik amaliyotini zamon talablari darajasida amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ularning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalalari yoritilgan. Bundan tashqari, harbiy sudlarning tashkiliy-shtat tuzilmasi, huquqiy maqomi, harbiy sudyalar va harbiy yuristlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish masalalari o‘rganilgan.
Kalit so'zlar
harbiy sud, harbiy hay’at, harbiy tribunal, harbiy intizom, harbiy yurist, harbiy huquq hamda xorij tajribasi.
Iqtibos uchun
For citation: