XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIY REJIMIDA DAVLAT KORXONALARINING ROLI

Xalilova Zebiniso Erkinovna

PhD (Bremen Universiteti, Germaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
COVID-19 inqiroziga javoban hukumatlar tadbirkorlik sektorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xalqaro investitsiya shartnomalari sonining ko‘payishi va milliy hukumatlar liberallashtirish choralarini ko‘rishiga qaramay, ko‘plab davlatlar xalqaro investitsiyalarni tartibga solishda ancha ehtiyotkor va cheklovchi yondashuvni afzal ko‘rmoqda. Ba’zi hollarda qutqaruv paketlari moliyaviy qiyinchilikka uchragan kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishni o‘z ichiga oladi, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda davlat korxonalari soni va mavjudligini oshirishi mumkin. Ayniqsa, postsotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida davlat korxonalari hali ham muhim rol o‘ynamoqda, biroq ularning faoliyati, asosan, ichki bozorlarga qaratilgan. Qabul qiluvchi resident davlatning xorijiy davlat investitsiyalariga nisbatan tartibga solish chora-tadbirlari shartnoma bo‘yicha istisnolardan foydalanish nuqtai nazaridan shaffofligi yoki shaffof emasligini muhokama qilish cheklovchi choralarning xorijiy davlat korxonalari investitsiyalarining tashkil etilishi yoki ularning tashkil etilgandan so‘nggi holati bilan bog‘liqligidan kelib chiqadi. Bunday cheklovchi choralar, odatda, xorijiy davlat investitsiyalarining bozorga kirishiga, ayniqsa, muhim infratuzilma va “strategik” sanoat tarmoqlariga taalluqlidir. Ushbu maqolaning maqsadi davlat korxonalarining umumiy tabiatini ko‘rsatish, ularning xalqaro investitsiya huquqiy rejimidagi o‘rni va ba’zi davlatlar tomonidan qabul qilingan tartibga solish choralarini tahlil qilishdan iboratdir.
Kalit so'zlar
davlat korxonalari, xalqaro investitsiya huquqiy rejimi, davlat korxonalari investitsiyasi, cheklovchi choralar, ommaviy tartib.