INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI ISHTIROKI TUSHUNCHASI VA TAVSIFI
Nosirova Marjona Negmat qizi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqola inson huquqlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilot (NNT)larining oʻrni, ahamiyati va faoliyat mexanizmlarini tadqiq etadi. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda NNTlari fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida inson huquqlarini himoya qilish tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Maqolada NNTlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari, ularning mustaqillik, moslashuvchanlik, ixtisoslashish kabi oʻziga xos xususiyatlari va funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi asosida NNTlarining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati tartibga solinishi masalalari oʻrganiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, NNTlari inson huquqlarini himoya qilishda monitoring oʻtkazish, huquqiy yordam koʻrsatish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, huquqiy savodxonlikni oshirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi koʻplab muhim funksiyalarni bajaradi. Maqolada Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishda NNTlari ishtirokining hozirgi holati, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar har tomonlama tahlil qilinadi. Moliyaviy resurslar va malakali kadrlar yetishmasligi, davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlarining mukammal emasligi, huquqiy bazaning ayrim kamchiliklari kabi muammolar aniqlangan. Maqola yakunida NNTlarining inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini yanada oshirish uchun ular faoliyatining moliyaviy asoslarini mustahkamlash, davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, qonunchilikni takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
nodavlat notijorat tashkilotlari, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati, huquqiy himoya, jamoatchilik nazorati, xalqaro standartlar, milliy qonunchilik, inson huquqlari monitoringi
Iqtibos uchun
For citation: