ONLAYN MARKETPLAYS OPERATORLARINING HUQUQIY MAQOMI

Saidova Nigoraxon Akmal qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, “Central Asian University” Fanlararo amaliy tadqiqotlar markazi menejeri

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron shartnomalarni tuzish jarayonida vositachi sifatida ishtirok etuvchi onlayn platformalarning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida axborot vositachilarining fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi oʻrni va fuqarolik javobgarligini belgilashga doir zamonaviy ilmiy munozaralar oʻrganiladi. Muallif garchi onlayn platformalar dastlab xolis axborot vositachisi sifatida qabul qilingan boʻlsa-da, ularning savdo qoidalarini belgilash, shartnomaviy munosabatlarni standartlashtirish va bitimlar tuzish jarayonlariga faol taʼsir koʻrsatishda ishtiroki ortib borishi natijasida ushbu yondashuvning cheklanganini koʻrsatib beradi. Maqolada onlayn platformalar, sotuvchilar va xaridor oʻrtasidagi munosabatlar fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, platforma javobgarligini belgilashda funksional yondashuvni qoʻllash zarurligi asoslanadi. Tadqiqot asosan Yevropa Ittifoqi direktivalariga tayangan qiyosiy-huquqiy tahlil metodi asosida olib borildi, bunda onlayn platformalarning javobgarligiga oid tegishli sud amaliyotiga havola qilindi. Tadqiqot natijalari elektron tijorat sohasida huquqiy tartibga solishni takomillashtirish uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar
elektron shartnoma, axborot vositachisi, onlayn platforma, elektron tijorat, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, Yevropa Ittifoqi direktivalari, funksional yondashuv
Iqtibos uchun
For citation: