IJTIMOIY MUNOSABATLARNING VIRTUALLASHUVI JARAYONIDA MUALLIFLIK HUQUQI KONSEPSIYASI GENEZISI VA EVOLYUTSIYASI
Lapasov Asliddin To‘lqin o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi bo‘lim boshlig‘i
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy munosabatlarning virtuallashuvi sharoitida mualliflik huquqi konsepsiyasi genezisi va evolyutsiyasi yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet tarmog‘ining kengayishi natijasida virtual makonda yaratilayotgan kontentning mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar dolzarblik kasb etmoqda. Maqolada, shuningdek, mualliflik huquqi konsepsiyasining o‘zgarish va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinib, virtual makonda huquqiy himoya mexanizmlarini ta’minlashdagi asosiy muammolar ko‘rib chiqilgan. Mavzu xususiyatidan kelib chiqib, tadqiqot predmeti umumiylikdan xususiylikka, qiyoslash, mantiqiy izchillik metodlari asosida tahlil etilib, ilm-fan, xorijiy tajriba, amaliyot va huquqiy tartibotlarga murojaat etilgan. Tadqiqotda, shuningdek, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka moslashtirishdagi qiyinchiliklar, mualliflik huquqini buzish hollarini aniqlash va ular bo‘yicha javobgarlik masalalari o‘rganilgan. Maqolada mazkur sohada mavjud huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar hamda kelajakda mualliflik huquqining virtuallashgan muhitda barqarorligi uchun taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari mualliflik huquqi bilan bog‘liq huquqiy muammolarni samarali hal etish hamda virtual makondagi huquqiy mas’uliyatni oshirishda ahamiyatli bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, maqola mualliflik huquqi konsepsiyasining o‘zgaruvchan ijtimoiy va texnologik sharoitlarga moslashuvini tushunishga yordam beradi.
Kalit so'zlar
mualliflik huquqi, virtuallashtirish, ijtimoiy munosabatlar, raqamli muhit, intellektual mulk, raqamli transformatsiya, virtual makon, mualliflik, egalik huquqlari, mualliflik huquqi evolyutsiyasi, mualliflik huquqi genezisi, texnologik rivojlanish
Iqtibos uchun
For citation: