KONTRABANDA JINOYATI OBYEKTIV BELGILARINING YURIDIK TALQINI

Utebayev Salamat Maksetbay uli

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Kontrabanda jinoyatining obyektiv belgilarini jinoyatning obyekti va obyektiv tomoni belgilari, shuningdek, ushbu belgilar bilan bevosita bogʻliq fakultativ elementlar tashkil etadi. Jinoyat obyekti har qanday jinoyatning majburiy elementi boʻlishi asnosida kontrabandaning obyekti masalasida huquqshunos olimlar tomonidan kontrabanda jinoyat qonunining qaysi bobidan oʻrin olgani va uning predmetiga nimalar kirishiga qarab, turlicha fikrlar bildirilgan. Kontrabandaning umumiy obyektini aniqlashda koʻplab olimlar anʼanaviy ravishda Jinoyat kodeksi maxsus qismining oʻrganilayotgan norma joy olgan boʻlimiga amal qilishadi. Mazkur maqolada kontrabanda jinoyatining obyektiv tomoniga oid belgilarning yuridik talqini chuqur tahlil qilingan. Jumladan, kontrabanda tushunchasi, uning jinoyat huquqi tizimidagi oʻrni, bojxona chegaralaridan tovarlar, valyuta, moddiy boyliklar, ashyolar yoki boshqa predmetlarni noqonuniy olib oʻtish harakatlarining yuridik mohiyati ochib berilgan. Maqolada Jinoyat kodeksining 246-moddasi asosida kontrabanda jinoyatining tarkibiy elementlari, xususan, harakat (yoki harakatsizlik), voqea sodir boʻlish vaqti va joyi, jinoyat qurollari hamda usullarining tahliliga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, kontrabandaning sodir etilish shakllari, unga xos boʻlgan ijtimoiy xavf darajasi va iqtisodiy xavfsizlikka tahdidi asosida uning boshqa turdagi bojxona huquqbuzarliklaridan farqlari yoritilgan. Maqola amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruratini asoslash va kontrabanda jinoyatlarining oldini olishga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, maqola soʻngida mavzu yuzasidan muallifning takliflari ham bayon etilgan.
Kalit so'zlar
kontrabanda, jinoyat tarkibi, obyektiv tomon, bojxona chegarasi, noqonuniy harakat, bojxona qonunchiligi, maʼmuriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik
Iqtibos uchun
For citation: