XUSUSIY HUQUQ FANI SOHASIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARINING ILMIY-METODOLOGIK TAHLILI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Ruzinazarov Shuxrat Nuraliyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori, Turon Fanlar akademiyasi akademigi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada raqamli transformatsiyalashuv sharoitida xususiy huquqda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning metodologik muammolari va takomillashtirish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Raqamli reallik davrida fuqarolik-huquqiy tadqiqotlarning predmeti, mazmuni va uslubiy yondashuvlariga qoʻyilayotgan talablar mavjudligiga qaramay, dissertatsion tadqiqotlarning nazariy va amaliy asoslari yetarli darajada shakllanmagani mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muallifning aytishicha, ilmiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha va kategoriyalarning nazariy gnoseologik taʼrifi tadqiqot doirasida tugal sivilistik mazmun kasb etmaydi. Maqolada ilmiy yangilik, xulosa va tavsiyalarni ifodalashdagi mavjud kamchiliklar koʻrsatilib, xususiy huquq fani sohasida ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy-metodologik tahlil qilingan va uning tadrijiy rivojlanishi haqida fikr yuritilgan. Tadqiqotda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanilgan hamda qiyosiy-huquqiy usul, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllangan. Xususiy huquqni rivojlantirishning tarixiy va tadrijiy qonuniyatlari asosida ilgari fanga maʼlum boʻlmagan yangi ishlanmalar yoki gipoteza (nazariya)ni fuqarolik muomalasida qoʻllashga oid yangi bilimlarni shakllantirish zaruriyati vujudga kelayotgani asoslantirilgan. Xulosada zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy muloqot maydonchalarini shakllantirish, tadqiqotchilarni metodik tayyorlashning yangi mexanizmlarini joriy etish kabi mualliflik takliflari ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
raqamli transformatsiya, xususiy huquq, fuqarolik muomalasi, ilmiy metodologiya, dissertatsion tadqiqot, qiyosiy-huquqiy tahlil, ilmiy yangilik, huquqiy munosabatlar, sud amaliyoti, raqamli huquq, sivilistika, ilmiy xulosa va tavsiyalar
Iqtibos uchun
For citation: