YURIDIK SHAXS SHAXSIY QONUNIGA NISBATAN EKSPLUATATSIYA MARKAZI MEZONINI QOʻLLASH MUAMMOLARI
Abduqodirov Abdurauf Baxodir oʻgʻli
Toshkent xalqaro universiteti Huquqiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada xalqaro xususiy huquq sohasida yuridik shaxslarning shaxsiy qonunini aniqlashda qoʻllanadigan “ekspluatatsiya markazi” mezoni oʻrganilgan, shuningdek, uning qoʻllanishi va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Bundan maqsad – ekspluatatsiya markazi mezonining afzalliklari, kamchiliklari va turli davlatlar qonunchiligidagi oʻrnini tahlil qilish orqali uning samaradorligini baholashdir. Chunki global iqtisodiyot sharoitida yuridik shaxslarning milliy mansubligini aniqlash masalasi davlatlarning iqtisodiy va maʼmuriy nazorati uchun katta ahamiyatga ega. Muammo shundaki, ekspluatatsiya markazi mezoni aniqlik va barqarorlik nuqtayi nazaridan muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa uning qoʻllanishini cheklaydi. Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy tahlil, mantiqiy usullaridan foydalanilgan. Maqolada ekspluatatsiya markazi mezoni asosan rivojlanayotgan davlatlar qonunchiligida yuridik shaxslarning faoliyatini nazorat qilish va milliy iqtisodiyotni himoya qilish vositasi sifatida qoʻllanishi koʻrsatilgan. Biroq ushbu mezon yuridik shaxs faoliyatining asosiy joyini aniqlashdagi qiyinchiliklar va uning oʻzgaruvchanligi tufayli barqarorlikning yoʻqligi kabi kamchiliklarga ega. Ushbu mezon koʻpincha fakultativ (qoʻshimcha) sifatida qoʻllanadi va inkorporatsiya yoki oʻtroqlik mezonlariga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Xulosada Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ushbu mezonni qoʻshimcha sifatida kiritish boʻyicha taklif berilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro xususiy huquq sohasida, ayniqsa, yuridik shaxslarning xususiy qonunini aniqlashda qonunchilikni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega. Taklif etilgan yondashuv Oʻzbekiston qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirishda va rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda qoʻllanishi mumkin. Shuningdek, ushbu tadqiqot huquqshunoslar, qonunchilar va amaliyotdagi mutaxassislar uchun foydali manba boʻlib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
ekspluatatsiya markazi, yuridik shaxs, shaxsiy qonun, xalqaro xususiy huquq, inkorporatsiya, oʻtroqlik mezoni, huquqiy ziddiyat
Iqtibos uchun
For citation: