O‘ZBEKISTONDA FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARI BUZILGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI ARIZA (SHIKOYAT)LARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
Nematov Jo‘rabek Nematilloyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri bo‘lmish saylov huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari hamda bu huquqlar buzilganligi to‘g‘risidagi ariza (shikoyat)larni ko‘rib chiqish tartibiga oid huquqiy masalalar tahlili keltirilgan. Shu bilan birga, saylov sohasiga oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar bilan bir qatorda saylov huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni ma’muriy va sud tartibida ko‘rib chiqishning protsessual jihatlari tushuntirilgan, sud tartibida shikoyatlarni ko‘rib chiqishga oid ayrim huquqiy muammolar keltirib o‘tilgan. Maqolada, bundan tashqari, sud amaliyoti asosida keyslar tahlili keltirilgan va saylov huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar
saylov, saylov huquqi, shikoyat (ariza), ma’muriy tartib, sud tartibi, sud tartibida shikoyat (ariza)larni ko‘rib chiqish, saylov huquqlarini samarali himoya qilish, O‘zbekistonda saylov tizimi, ma’muriy sud, ma’muriy sud ish yurituvi, saylov komissiyalari qarorlari, shikoyat muddati, ariza (shikoyat) talablari.
Iqtibos uchun
For citation: