ISH YURITISHNI ISTISNO QILUVCHI HOLАTLАRNING HUQUQIY TАRTIBGА SOLINISH MUАMMOLАRI

Аtaniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim fakulteti doktoranti, kapitan

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada ish yuritishni istisno qiluvchi holatlarning huquqiy tartibga solinishi muammolari amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada tergovga qadar tekshiruv natijasi yuzasidan amaliyotda qabul qilinayotgan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish qarorlarining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining “Аyblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish uchun asoslar” deb nomlanganligi va uning asoslariga qanchalik mosligi hamda vujudga kelayotgan kollizion holatlar o‘rganilgan. Maqolada jinoyat protsessida reabilitatsiya etiluvchi asoslarning alohida bobda aks ettirilishi zarurati, mazkur asoslarning esa ish yurituvni istisno qiluvchi holatlar normasida belgilanishi lozimligi borasida fikrlar bildirib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada xorij davlatlarining jinoyat-protsessual qonunchiligida aks etgan jinoyatga oid ishlarni rad etish va tugatish asoslarining mazmuni va afzalliklari o‘rganilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan bo‘lib, buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
ayblilik, jinoyatga oid ish, qo‘zg‘atish, tugatish, rad etish, ish yurituvni istisno qiluvchi holatlar, reabilitatsiya.