BOJXONA ORGANLARINI KORRUPSIYASIZ SOHAGA AYLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI

Yuldashev Maqsud Mamasoliyevich

Bojxona qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida bojxona organlarini korrupsiyasiz sohaga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari va amaliy samaradorligi, bugungi keng tarqalgan xalqaro tajriba, xususan, G20 mamlakatlari, BMT konvensiyalari va komplayens-nazorat tizimining afzalliklari oʻrganilgan. Muallif AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Qozogʻiston va Sloveniya kabi davlatlarning bojxona sohasida korrupsiyaga qarshi samarali modullarini tahlil qilgan. Ushbu davlatlarning tanlab olinishida tadqiqotchi tomonidan soʻnggi yillarda Bojxona qoʻmitasi rahbariyatining tashrif buyurayotgan davlatlar va hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan bojxona maʼmuriyatlarining ilgʻor natijalariga tayanilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–122-son Farmoni asosida qabul qilingan “Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” dasturidagi 40 ta chora-tadbir va ularning ijro holati baholangan. Mazkur chora-tadbirlarning baholanishida intervyu va ekspertlar fikri usullaridan keng foydalanilgan. Amaliyotdagi korrupsiyaviy holatlar misollariga tayangan holda, mavjud tizimning kamchiliklari aniqlangan. Tadqiqot davomida aynan muayyan bir sohani toʻliq tavsif etuvchi qonunchilik hujjatlarini qabul qilinishida yoʻl qoʻyilgan eʼtiborsizlik natijasida kuch va vositalar sarfida samarasizlik yuzaga kelganligi boʻyicha aniq tahlillar keltirib oʻtilgan. Asosiy muammo sifatida tadqiqotchi tomonidan bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirishda boshqa sohalarda boʻlganligi kabi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi darajasida kompleks yondashuvning yoʻqligi, faqat ichki buyruqlar bilan cheklanib qolinishi va tashqi omillarga eʼtibor berilmasligi koʻrsatilgan. Xulosada bojxona sohasini korrupsiyadan holi qilish uchun milliy dastur qabul qilish, aniq mezonlar belgilash va xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
bojxona, korrupsiya, komplayens-nazorat, milliy kengash, milliy maʼruza, qonunchilik tahlili, korrupsiyasiz soha, qarshi kurashish modeli
Iqtibos uchun
For citation: