“XALQARO TERRORIZM TO‘G‘RISIDA”GI KENG QAMROVLI KONVENSIYA LOYIHASI BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARI VA XUSUSIYATLARI

Sattorov Dilshod Yuldashevich

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti Umumhuquqiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro huquqiy normalarning yaratilishi, ularning tabiati va o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, “Xalqaro terrorizm to‘g‘risida”gi keng qamrovli konvensiya loyihasi mazmuni, yutuq va kamchiliklari hamda bugungi kun terrorizmga qarshi kurash siyosatidagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif mazkur keng qamrovli konvensiya bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari va xususiyatlarini tahlil qilar ekan, asosiy e’tiborni inson huquqlari va yurisdiksiya masalalariga qaratadi. Muallif tomonidan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini amalga oshirishda insonparvarlik nuqtayi nazaridan xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarining bir-biriga bog‘liq jihatlari keng yoritilgan bo‘lib, bu borada turli huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari keltirilgan. Xulosada terrorizmga qarshi kurashning ayrim masalalari bo‘yicha tuzilgan xalqaro shartnomalar terrorizmga qarshi xalqaro huquqiy kurashning asosiy manbayi sifatida tan olinishi kerakligi haqida fikr bildirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, “Xalqaro terrorizm to‘g‘risida”gi keng qamrovli konvensiya loyihasini amaliyotda qo‘llash jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammo va bo‘shliqlarni to‘ldirish, bartaraf etish va to‘g‘rilash maqsadida vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish kiritish va albatta, xalqaro huquq normalariga moslashtirish maqsadga muvofiqligi aytib o‘tilgan.
Kalit so'zlar
xalqaro hamkorlik, terrorizm, qarshi kurash, jinoyatchilik, xalqaro shartnoma.