DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINI ATTESTATSIYADAN О‘TKAZISHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI

Yuldasheva Feruza Ulug‘bekovna

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarini baholash usullaridan biri bо‘lgan attestatsiya jarayoni tahlil qilingan. Shuningdek, ilmiy qarashlar o‘rganilgan holda, davlat fuqarolik xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonining о‘ziga xos belgilari yoritilgan va xususiy sektorda ishlovchi xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonidan farqli jihatlari keltirilgan. “Davlat fuqarolik xizmatchisining attestatsiyasi” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatchilarini attestatsiyadan о‘tkazishning maqsad va vazifalari, bosqichlari, attestatsiya jarayonida rasmiylashtiriladigan hujjatlar, attestatsiyadan о‘tmaydigan shaxslar doirasi keltirib о‘tilgan. Davlat fuqarolik xizmatining natijadorlikka yо‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishini malakali, mas’uliyatli, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor kadrlarsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. О‘z navbatida, bu kabi kadrlarni jamlash hamda ular salohiyatidan unumli foydalanish aniq mexanizm va huquqiy asoslarni talab etadi. Davlat fuqarolik xizmatida attestatsiya jarayonining tо‘g‘ri tashkil etilishi faoliyatning malakali kadrlar tomonidan uzluksiz amalga oshirilishiga asos bо‘ladi. Muallif mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatini tartibga soladigan qonun mavjud emasligi, xizmatchilar doirasi aniq belgilanmaganligi, klassifikator yо‘qligi va davlat fuqarolik xizmati lavozimlar rо‘yxati e’lon qilinmaganligi sababli davlat fuqarolik xizmatchilarini attestatsiyadan о‘tkazish mexanizmi aniq emasligini ta’kidlaydi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
davlat fuqarolik xizmati, davlat fuqarolik xizmatchilari attestatsiyasi, kadrlar, baholash, Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash, Kadrlar siyosati, inson resurslarini boshqarish, navbatdan tashqari attestatsiya.