RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR KOʻRSATISH SOHASIDA KRIPTOVALYUTA MUOMALASINING FUQAROLIK-HUQUQIY MASALALARI

Hazratqulov Odilbek Tursunovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Jahon hamjamiyatining globallashuvi natijasida tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, milliy qonunchilikda mavjud kollizion normalar orqali himoya qilinishi kafolatlangan. Bugungi kunda zamonaviy texnologik vositalar taʼminoti hamda dasturlash faoliyatining rivojlanishi mazkur munosabat ishtirokchilarining huquqlari bilan bogʻliq masala yechimi ustida tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qoʻymoqda. Oʻz navbatida, raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish sohasida ilgarilab ketgan rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlari hamda qonunosti hujjatlarini koʻrib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada raqamli moliyaviy aktivlarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda obyekt sifatida e’tirof etilishi haqidagi anʼanaviy yondashuvlardan biroz chekingan holda tahlil etish masalalari yoritib berilgan. Raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida kriptovalyutalar bilan boʻlgan muomala bugungi kunda mavjudligi, mazkur amaliyot tobora moliyaviy munosabatlarni qamrab olayotganligi bu masala ustida tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etmoqda. Xususan, kriptovalyutalar internet orqali foydalanuvchilar oʻrtasida savdo aylanmasi yoki pul almashinuvini amalga oshirish oqibatida kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni qanday tartibga solishi mumkin, degan savol barchani qiziqtirib kelmoqda. Mazkur holat kriptovalyutalarning moliyaviy operatsiyalardagi harakatlanishi hamda undan shaxslarning foydalanishini huquqiy jihatdan taʼminlashni talab etadi. Kriptovalyutalar huquqiy masalalar boʻyicha koʻplab savollarni kun tartibiga qoʻyadi. Jumladan, mazkur valyutalar qonunlar yuzasidan qanday qabul qilinadi yoki ularni qoʻllash sifati hamda kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar qonun tomonidan qanday nazorat qilinishi zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
Kalit so'zlar
integratsiya, texnologik inqilob, moliyaviy texnologiyalar, kriptovalyuta, fintex, kripto-aktivlar, moddiy neʼmatlar, shaxsiy pul, bitkoin, tokenlar, foydali tokenlar va investitsiya tokenlar.