SUD QARORLARINING PREYUDITSIAL AHAMIYATI

Uralov Sarbon Sardorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual qonunchiligida mavjud bo‘lgan sud qarorlari xususida ilmiy izlanishlar aks ettirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining dalil sifatida tan olinishi, boshqa sudlar uchun ham, dastlabki tergov va surishtiruv organlari uchun ham qat’iy ekanligi ko‘rsatilgan. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda preyuditsiya instituti mavjud emas. Bu borada xorijiy mamlakatlarning huquq tizimi o‘rganilganda preyuditsiya va pretsedent masalalari o‘zaro bog‘liq ekanligi, ularning salbiy va ijobiy tomonlari milliy qonunchilik misolida ko‘rsatib berilganligi bilan ifodalanadi. Mazkur maqolada sud qarorlarining preyuditsial ahamiyati dalillar va isbotlashda qo‘l kelishi, ulardan foydalanish tartiblari tushuntirib berilgan. Ta’kidlash kerakki, ushbu maqolada tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov hamda sud muhokamasida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda isbot qilishning preyuditsial jihatdan amaliy va nazariy ifodasi ilmiy jihatdan asoslantirilgan. Bunda qonun chiqaruvchi jinoyat-protsessual faoliyatning xususiyatini, yo‘nalishini, mazmunini qonun yo‘li bilan maxsus qoidalar yordamida belgilab berishi to‘g‘risidagi fikrlar keltirilgan. Yuqori sud instansiyalari tomonidan dalillarni preyuditsial ahamiyati va ularni tan olish mexanizmlari xususida turlicha qarashlar polemika shaklida keltirib o‘tilgan.
Kalit so'zlar
maqbul dalillar, isbotlash, sud qarori, preyuditsiya, hukm, sud qarorlarining kuchga kirishi, jinoyat ishi.
Iqtibos uchun
For citation: