JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li

mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish masalalari tahlil qilingan bo‘lib, jumladan, jamoatchilik nazorati haqida bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari berilgan hamda jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslari keltirilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatida davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslari Konstitutsiya va qonunlar asosida keng jamoatchilik nazoratida ekanligi hamda davlat idoralari va mansabdor shaxslar fuqarolik jamiyatining “yollanma xizmatchilari” boʻlib, xalq oldida masʼul ekanligi, xususan, xalq bilan muloqot tamoyillari, fuqarolarga davlat xizmati koʻrsatish tamoyillari jamiyat hayotini liberallashtirish qonunlar ijrosini shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani, bir so‘z bilan aytganda, yetarli darajada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bugungi kun talabi ekani yoritilgan. Shu bilan birga, yurtimizda boʻlayotgan tub yangilanishlar sharoitida fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidagi islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida hamda qonun ustuvorligini taʼminlashda bevosita jamoatchilik nazorati bilan bogʻliq qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar bildirilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, Konstitutsiya, davlat nazorati, davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, oshkoralik.