FUQAROLIK HUQUQIDA SUKSESSIYA INSTITUTI VA UNING QO‘LLANILISHI
Gulomov Akmaljon Shukurillayevich
Samarqand davlat universiteti professori v. b., yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan munosabatlar turli huquq sohalarining qator institutlari bilan tartibga solinadi. Xususan, fuqarolik huquqi sohasida fuqarolik huquqi subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan va shakllanadigan shunday munosabatlar borki, aniq hayotiy vaziyatning yuzaga kelishi sababli ularning rivojlanishi unda qatnashuvchi taraflarning huquqiy vorislari tomonidan ta’minlanadi. Bu institut sivilistikada suksessiya deb nomlanadi. Mazkur maqolada suksessiya institutining ta’rifi, universal va singulyar huquqiy vorislik masalalari, ularning fuqarolik qonunchiligida qo‘llanishiga doir masalalar o‘rganilgan. Xususan, suksessiya – bu mulkiy huquq va majburiyatlarning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga bevosita qonun yoki shartnoma asosida o‘tishi hodisasidir. Huquqiy vorislik – universal va singulyar bo‘lishi mumkin. Universal huquqiy vorislikda bir shaxsga tegishli bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarning jami ikkinchi shaxsga o‘tadi. Masalan, bir necha yuridik shaxlar qo‘shib yuborilganda, yangi tashkil bo‘lgan yuridik shaxsga universal vorislik tartibida oldingilarga tegishli barcha huquq va majburiyatlar o‘tishini ko‘rish mumkin. Singulyar vorislik deganda, mulkka bo‘lgan huquqlarning to‘liq emas, balki ma’lum bir qismiga bo‘lgan huquqlarning o‘tishi tushuniladi. Suksessiya instituti fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirok etgan munosabatlarda keng qo‘llaniladi.
Kalit so'zlar
universal suksessiya, singulyar suksessiya, yuridik shaxs, bitim, shartnoma, mulkiy huquq va majburiyatlar.
Iqtibos uchun
For citation: