FUQARONING LAYOQATI (HUQUQ VA MUOMALA) BILAN BOG‘LIQ ISHLAR: NAZARIY TAHLIL VA AMALIY NATIJALAR
Esanova Zamira Normurotovna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqaroning huquq va muomala layoqati, uning protsessual ahamiyati, fuqaroning huquq va muomala layoqati bilan bog‘liq ishlar, ularni sudda kо‘rish tartibi, bunday toifadagi ishlarning о‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar, taklif-tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, moddiy va protsessual huquqiy jihatdan huquq layoqati, muomala layoqati, protsessual huquq layoqati, protsessual muomala layoqati, emansipatsiya, fuqaroning muomala layoqatini cheklash, muomalaga layoqatsiz deb topish, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasasada yotish muddatini uzaytirish haqidagi tushunchalar (protsessual institutlar)ning ilmiy tahlili, qonun hujjatlariga kiritilish zarurati va protsessual xususiyatlari hamda huquqiy oqibatlari yoritilgan. Fuqaroning layoqati (huquq va muomala layoqati) tibbiyot va yurisprudensiyada muhim institutlardan biri sanaladi hamda huquq va muomala layoqati sifatida tasniflanadi. Ayni paytda ushbu tushunchani Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi normalari asosida о‘rganish, Oila kodeksi asosida keng talqin etish, uning tibbiy, psixologik, huquqiy asoslarini yoritish muhimdir. Shu bilan birga, huquq va muomala layoqati tushunchalarining huquqiy mezonlarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish, bunday toifadagi ishlarni sudda kо‘rishning maqsad va vazifalariga alohida tо‘xtalish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqoladan, shuningdek, mavzu doirasida olingan tahlillar asosida moddiy va protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir taklif-tavsiyalar va nazariy xulosalar о‘rin olgan.
Kalit so'zlar
huquq layoqati, muomala layoqati, protsessual huquq layoqati, protsessual muomala layoqati, emansipatsiya.