АHOLI UCHUN TOZА SUV VА SАNITАRIYA MАVJUDLIGINI TА’MINLАSHNING HUQUQIY JIHАTLАRI

Uzakova Go‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent

Аnisimov Аleksey Pavlovich

Don davlat texnika universiteti Jinoyat huquqi va ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada BMT Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan asosiy maqsadlardan biri bo‘lgan aholi uchun toza suv va sanitariya mavjudligini taʼminlashning huquqiy jihatlari tadqiq etilgan. Mualliflar sohaga oid asosiy ekologik muammolarni statistik maʼlumotlar asosida o‘rgangan hamda ularning yechimiga doir asosiy xalqaro hujjatlarni keltirgan. Shuningdek, “ichimlik suvi”, “toza ichimlik suvi”, “sifatli ichimlik suvi”, “zarur miqdordagi ichimlik suvi” kabi tushunchalarga yuridik tavsif bergan. O‘zbekiston Respublikasining suv qonunchiligi holati, unda ifodalangan suv muhofaza zonalari rejimi, suv isteʼmoli va suvdan foydalanish huquqlari, yerosti suvlaridan foydalanishning amaldagi huquqiy rejimi tahlil qilingan. Mazkur maqola tadqiqot sifatida mavzuga oid xalqaro hujjatlar, milliy qonun hujjatlari, ilmiy-huquqiy, nazariy manbalar tahlilini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xulosa va fikrlari o‘rganilgan. Maqola mavzuga oid asosiy holatlarni o‘rganishdan boshlangan, ilmiy-nazariy tushunchalarni rivojlantirish bilan davom ettirilgan hamda mavjud muammolarni hal qilish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan baʼzi takliflarni ilgari surish bilan yakunlangan.
Kalit so'zlar
suv resurslari, toza ichimlik suvi, ekologik meʼyorlar, sanitariya normalari, yashash huquqi, qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqi.