YOZMA DISKURSIV KOMPETENSIYA YURIDIK UNIVERSITET TALABALARINING CHET TILI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASI KOMPONENTI SIFATIDA

Zoyirova Dilso‘z Abdijalilovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada yozma diskursiv kompetensiya Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining chet tili kommunikativ kompetensiyasining asosiy elementi sifatida o‘rganilgan. Darhaqiqat, yozma diskursiv kompetensiya – sotsial-madaniy muhit va kommunikativ vazifaga asoslanib, yozuvchining ko‘zlangan natijaga erishish yo‘lida adresat bilan yozma chet tilidagi muloqotga kiritish uchun turli xil diskurs turlarini yaratish qobiliyatidir. Yozma diskursiv kompetensiya murakkab ko‘p komponentli hodisa bo‘lganligi sababli uning tuzilishida bir qator kichik kompetensiyalar ajralib turadi va ular maqolada batafsil muhokama qilinadi. Muhokama qismidan oldin muallif turli olimlarning fikr-mulohazalari asosida “diskurs” va “diskursiv kompetensiya” terminlarining ta’rifiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, “diskurs” va “matn” o‘rtasidagi farqlar atroflicha o‘rganilib, ushbu kontekstda yurist talabalarning diskursiv kompetensiyasini shakllantirishga mo‘ljallangan yozma topshiriqlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan. Bu topshiriqlar yurist talabalarga yozuvni o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar
diskurs, yozma diskursiv kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, matn, yurist talabalar, yozma topshiriqlar, yozuv, kogerensiya, kogeziya.
Iqtibos uchun
For citation: