ATROF-MUHITGA OID QARORLAR QABUL QILISHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKI: XALQARO STANDARTLAR VA XORIJ TAJRIBASI

Turdiyev Bobir Sobirovich

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta prokurori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki – demokratik boshqaruvning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, jamoatchilik ishtiroki davlat va fuqarolar o‘rtasida muhim ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan daxldorlik hissini shakllantirib, boshqaruv tizimining legitimligi, shaffofligi va samaradorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zamonaviy global muammolar, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi sharoitida qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolar ishtirokining samaradorligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur maqolada atrof-muhitga oid qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokining roli o‘rganilib, xalqaro standartlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, milliy qonunchilik va amaliyot tahlil qilingan. Atrof-muhitga oid qarorlar sifatini oshirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda jamoatchilik ishtiroki muhim omil sifatida ta’kidlangan. O‘tkazilgan tahlillar ekologik boshqaruv jarayonida jamoatchilik ishtirokining sustligi, shaffoflikning yetarli darajada emasligi va manfaatdor tomonlar ishtirokiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqib, maqolada fuqarolarning ekologik boshqaruvdagi samarali ishtirokini kengaytirish va ta’minlash uchun jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, ekologik nazoratni amalga oshirishda fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyati va rolini kuchaytirish, shuningdek, javobgarlik tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar
jamoatchilik ishtiroki, demokratik boshqaruv, inson huquqlari, qarorlar qabul qilish, atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB), jamoat nazorati, barqaror rivojlanish, shaffoflik, javobgarlik, O‘zbekiston
Iqtibos uchun
For citation: