OXIRGI ZARURAT HOLATIDA YETKAZILISHIGA YOʻL QOʻYILGAN ZARARNING CHEGARASINI ANIQLASH MUAMMOLARI
Jumanazarova Marjona Botir qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi oʻqituvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlardan biri boʻlgan oxirgi zarurat holati amalda mavjud boʻlishi uchun shaxs tomonidan yetkazilishi mumkin boʻlgan zararga qoʻyiluvchi talablarga bagʻishlangan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, amaliyotda oxirgi zaruratni qoʻllash borasida boʻshliqlarning mavjudligi fuqarolarning ushbu normalardan foydalanish huquqlari cheklanishiga sabab boʻlmoqda. Lekin shu kunga qadar oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zararning doirasi, uning chegarasi bilan bogʻliq nazariy muammolar olimlarimiz tomonidan ilmiy tadqiqot predmeti sifatida oʻrganilmagan. Maqolada Gʻarb va MDHning qator olimlari, jumladan, B. Grant,
J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
oxirgi zarurat, zarar, xavf, zaruriyat, mutanosiblik, obyektiv mezon, subyektiv mezon
Iqtibos uchun
For citation: