JAZO TAYINLASH UMUMIY ASOSLARINING NAZARIY TAHLILI
Rozimova Qunduz Yuldashevna
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga arshi kurashish kafedrasi dotsent v. b., yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada jazo tayinlash sodir etilgan jinoyatning yakuniy bosqichi ekanligi, buni faqat mazkur jarayonda qatnashuvchi taraflarning o‘zaro farqlari bilan ajratib olish mumkinligi qayd etilgan. Shuningdek, jazo tayinlashning umumiy asoslari bilan bog‘liq masalalar qadimgi milliy olimlarimizning asarlaridan keltirilgan misollar asosida ko‘rsatilgan. Jazo tayinlash bilan bog‘liq masalalarda sodir etilgan jinoyat uchun faqatgina bitta jazo tayinlanishiga oid misollarga alohida e’tibor berilgan va jinoyat qonuni qoidalariga muvofiq har bir jinoyat faqat bitta asosiy jazoning qo‘llanishini taqozo etishi shartligi, bu masalaning o‘zgacha hal etilishi insonparvarlik va adolat prinsiplariga to‘g‘ri kelmasligi qayd etilgan. Bundan tashqari, ushbu maqolada jazo tayinlashning umumiy asoslari, unda hisobga olinadigan holatlar borasidagi xorijiy va milliy olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilingan. Jazo tayinlashning umumiy asoslari sud tomonidan majburlov choralarini qo‘llashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan jinoyat qonuni talablari ekanligi ta’kidlangan. Mazkur maqolada jazo tayinlashning umumiy asoslariga oid normalarni takomillashtirish zarurati mavjudligi sud amaliyoti materiallari va bugungi kunda jazo tayinlashning umumiy asoslarini nazariy jihatdan tahlil qilish va jinoyat qonuni normalarini takomillashtirishga ehtiyoj borligidan dalolat berayotganligi bayon etilgan.
Kalit so'zlar
jazo, jazo tayinlash, ayb shakli, jazoni yеngillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar, qilmish, javobgarlik, prinsip, jinoyat sodir etish usuli, motivi, yеtkazilgan zarar miqdori, qilmishning xavflilik darajasi, xususiyati.