O‘ZBEKISTONDA KO‘PPARTIYAVIY TIZIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Bekov Ixtiyor Rustamovich
Toshkent davlat yuridik univesiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada partiya fenomenining mazmun-mohiyati, ko‘ppartiyaviy tizimning huquqiy tabiati, uning shakllanishi siyosiy tizim mexanizmiga ta’siri, partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish masalalari, bugungi kunda ular oldida turgan asosiy vazifalar kabi ilmiy-nazariy masalalar tahlil etilgan. O‘zbekistonda mavjud siyosiy partiyalarning maqsadi elektorat nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Ko‘ppartiyaviy tizim shakllanishi, siyosiy partiyalarning rivojlanishida kuzatilayotgan ijobiy va salbiy tendensiyalar tahlil etilib, mazkur muammolarning yechimi taklif etilgan. Siyosiy partiyalarning jamoatchilik bilan ishlash tizimini huquqiy tartibga solish bo‘yicha muammolar tahlil etilib, ularning yechimi bo‘yicha asosiy ustuvor yo‘nalishlar tavsiya etilgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Ekologik partiyaning ustavlari hamda rasmiy veb-saytlarida partiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslariga oid ma’lumotlar tanqidiy tahlil qilish asosida ularning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Siyosiy partiyalarning raqamli texnologiyalar sharoitida rivojlantirish bo‘yicha partiyalarning jamoatchilik bilan ishlash, veb-saytlarni yuritish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda saylovchilar murojaatlari bilan ishlash kabi muhim masalalar belgilangan.
Kalit so'zlar
fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya, elektorat, siyosiy tizim, aktor, plyuralizm, fraksiya, ko‘ppartiyaviylik, demokratik blok, muxolifat, partiyaviy ro‘yxat.
Iqtibos uchun
For citation: