DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI JINOYATLARNING OLDINI OLISHNING AYRIM MASALALARI

Bobojonov Boboxon Po‘latovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishning ayrim masalalarini yoritgan. Muallifning qayd etishicha, davlat xaridlari sohasidagi jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlari hamda sababiyat qonuniyatining asl mohiyatini о‘rganish bu turdagi jinoyatlarning sodir etilishi mohiyati, shu orqali bunday qilmishlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish imkonini beradi. Muallif davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga kо‘ra korrupsion jinoyatlardan aslo kam emas. Korrupsion jinoyatlarda jinoyat predmeti nafaqat naqd tarzda beriladigan moddiy qimmatliklar, balki boshqacha tarzdagi moddiy mulkiy manfaatdorlik ham bо‘lishi mumkinligini tushuntiradi. Shuningdek, maqolada О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini 1831-modda (Davlat xaridlari tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan tо‘ldirish taklif etilgan. О‘z navbatida, davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda texnik chora-tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Jumladan, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, Forensic audit о‘tkazish, posttranzaksiya nazoratini о‘tkazish post and ex control – xarid о‘tkazilganidan keyingi monitoringni amalga oshirish, davlat xaridlari sohasida inson omilini kamaytirish, xususan, davlat xaridlarida mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish, davlat xaridlari ishtirokchilarining Scoring tizimini joriy qilish kabi texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yaxshi samara berishi asoslantirilgan.
Kalit so'zlar
davlat xaridlari, davlat buyurtmachisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimi, byudjetni о‘zlashtirish, manfaatlar tо‘qnashuvi, kriminalizatsiya, posttranzaksiya nazorati, inson omilini kamaytirish, mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish, Scoring tizimi.