YANGI OʻZBEKISTON PARLAMENTI: ZAMONAVIY HOLATI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI
Safarov Djaxongir Ismoilovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri, yuridik fanlar doktori, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Harakatlar strategiyasi, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, ularning ijrosi boʻyicha qabul qilingan 9 ta davlat dasturi hamda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yurtimizda parlamentarizmni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilindi. Tahlillar asosida parlamentarizmni mustahkamlash, Oliy Majlisning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirish boʻyicha oʻnta asosiy tendensiya aniqlanib, ularning mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Shu bilan birga, yangi Oʻzbekiston parlamentining kelajak istiqbollari va parlamentarizmni mustahkamlash boʻyicha bir qator takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar, parlament, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, Senat, parlament nazorati, qonun ijodkorligi, parlamentarizm, hududiy vakillik
Iqtibos uchun
For citation: