ELEKTRON TIJORATGA OID ASOSIY TUSHUNCHALAR VA UNING TURLARI
Xudayberganov Behzod Baxtiyorovich
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mengliyeva Sitora Baxtiyor qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Yangi davrga o‘tish, inson faoliyatining o‘zgarishi va raqamlashtirilishi aynan shu sohada, shuningdek, butun iqtisodiyotda savdo aylanmasining jadal rivojlanishi va o‘sishiga xizmat qildi. Internet platformasida savdo o‘sib borayotgan soha va ayni paytda iqtisodiyot uchun kuchli foyda generatoridir. Savdoning yangi turi aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi ish bilan band qilish uchun yangi istiqbollarni ochib, xususiy tadbirkorlik rivojiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bu hodisa unchalik yangi emas, chunki elektron tijoratga birinchi qadamlar o‘tgan asrning 70-yillarida qo‘yilgan. Elektron tijoratning paydo bo‘lish tarixi o‘ziga xosdir, negaki shakllanish bosqichida elektron tijorat alohida soha sifatida emas, balki mijozlarni jalb qilish uchun xizmatning bir qismi sifatida yaratilgan. Axborot texnologiyalariga tayanib, onlayn savdo asta-sekin rivojlandi. O‘shandan beri sanoatning o‘zi rivojlanishning uchta keng bosqichidan o‘tdi. Hozirgi bosqichda elektron tijorat xuddi boshqa savdo turlari kabi huquqiy tartibga solish va tushunchalarning huquqiy ta’rifini talab qiladi. Ushbu maqola elektron tijoratning asosiy tushunchalari va turlarining huquqiy talqiniga bag‘ishlangan.
Kalit so'zlar
elektron tijorat, elektron biznes, xususiy xaridlar, davlat xizmatlari, elektron xizmat ko‘rsatish.