PARLAMENT TADQIQOT XIZMATLARI FAOLIYATINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Botirov Xurshid Ilyos o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada parlament tadqiqot xizmatlarining faoliyati xorijiy davlatlar tajribasi misolida tahlil qilingan. Bunda qonun chiqaruvchi organlar uchun xolis va ishonchli axborotning zarurati va manbalari ko‘rsatilgan. AQSh, Kanada, Fransiya kabi rivojlangan davlatlarda parlament tadqiqot xizmatlarining tuzilmasi, vazifalarini tahlil qilish orqali ularning parlament faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash masalalari o‘rganilgan. Parlament faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy ta’minlashning mazmun-mohiyatini tushunish uchun mazkur sohada eng ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan parlamentlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Turkiya)ning ilmiy xizmatlari faoliyatini chuqur tahlil qilish alohida ahamiyatga ega. Xorijiy parlamentlarning ilmiy xizmatlari amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning maqomi, mazmuni, ob’ekti va sub’ekti, o‘rganish predmeti va tadqiqot uslublari birmuncha farqlanadi. Parlamentning qabul qilinayotgan qarorlari, aksariyat hollarda tayyorlangan qonun loyihalari, shuningdek, parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni ilmiy ekspertiza qilish, rejalashtirilayotgan parlament tadbirlarini o‘tkazish, masalan, parlament nazorati natijasi bo‘yicha tanlangan ta’sir chorasini qo‘llashdan oldin uning to‘g‘riligini ilmiy jihatdan asoslantirish ular faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada berilgan qiyosiy tahlil metodi parlament tadqiqot xizmatlarining vujudga kelish tarixini yoritadi va Oliy Majlis palatalari faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
demokratiya, parlament nazorati, Kongress, tadqiqot, parlament tadqiqot xizmati, parlament kutubxonasi, qadriyatlar, muammolar.
Iqtibos uchun
For citation: