MASOFAVIY TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI FUQAROLARNING OLIY TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASH MASALALARI

Bokiyev Jahongir Nurmatjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan ko‘pgina sohalarda samarali foydalanilmoqda. Xususan, ta’lim tizimida ham bunday imkoniyatlar kundan kunga ortib borayotganligi ta’lim olish huquqini ta’minlashga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bilamizki, o‘tgan so‘nggi ikki yil davomida butun insoniyatga og‘ir oqibatlar olib kelgan koronavirus pandemiyasi ta’lim sohasidagi ham bir qator haligacha yechimi topilmagan muammolarni ko‘rsatib berdi. Uzoq davom etgan pandemiya davrida masofaviy ta’lim ta’lim jarayonini davom ettirishning yagona yo‘li bo‘ldi. Masofaviy ta’limni sifatli olib borishda esa, shubhasiz, IT texnologiyalari, masofaviy ta’lim platformalari juda muhim hisoblanadi. Chunki ularsiz ta’limning bu shaklini tasavvur etib bo‘lmaydi. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida masofaviy ta’lim olish imkoniyati kengayganligi, bu esa oliy ta’lim olish huquqini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi milliy va xorijiy olimlarning qarashlari, normativ-huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilindi. Tahlil qilish davomida masofaviy ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari tushunchalari, masofaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, masofaviy ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq muammolarga alohida to‘xtalib, ularning yuridik tabiati va mohiyati atroflicha ochib berildi.
Kalit so'zlar
masofaviy ta’lim, oliy ta’lim olish huquqi, raqamli ta’lim texnologiyalari, masofaviy ta’lim platformalari.