MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASINI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI: BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI MISOLIDA

Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi dotsenti v.b.

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada mualliflik huquqi obyektlaridan telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalanishda uni muhofazasini ta’minlash masalalari haqida so‘z boradi. Xususan, bu yo‘nalishda blokcheyn vositalarining tutgan o‘rni, himoyalash usullari va texnik talablari hamda bu yo‘nalishdagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlari xususida bayon etilgan. Shuningdek, maqolada bu yo‘nalishdagi jahon tajribasi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “internet shartnomalari”dagi o‘rni, internet tarmog‘ida mualliflik huquqi himoyasining texnik vositalari hamda O‘zbekiston qonunchiligi normalari va amaliyoti haqida bayon etilgan. Mualliflik huquqi obyektlarini himoya qilishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning samarali vosita ekanligi va uni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilingan. Zero, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda nafaqat mualliflik huquqini ta’minlash, balki ushbu sohani rivojlantirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ushbu tarmoqlardan keng foydalanish, undagi axborot xavfsizligini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur tizim (blokcheyn)ning eng muhim jihati undagi raqamli ma’lumotlarni buzilmasligi bilan xarakterlanishi, ya’ni tizimning ishonchliligi pul operatsiyalarini va jismoniy shaxslar, korporatsiyalar o‘rtasidagi axborot almashinuvlari samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutishligi haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar
mualliflik huquqi, blokcheyn, telekommunikatsiya tarmog‘i, internet tarmog‘i, texnik vosita, BIMT, xalqaro shartnoma, huquqiy himoya, mutlaq huquq, axborot almashinuvi.
Iqtibos uchun
For citation: